TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva ikkinchi marta kelinlik libosini kiyishga tayyorlanmoqda, deb xabar berdi "Novosti Uzbekistana".
Xonandaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i — professional boshlovchi Farhod Alimov. Ular xonandaning "Izlama" klipini suratga olish maydonchasida tanishishgan.
Nashrning ma’lum qilishicha, to‘y 29-oktabr kuni bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, xonanda 2012-yilda aktor Yigitali Mamajonov bilan turmush qurgandi. 2014-yilda ular ajrashishga qaror qilishdi. Rayhonning Islom va Imron ismli ikki o‘g‘li bor.
Rayhonning bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining ham ilgarigi turmushidan bir o‘g‘il va ikki qizi bor.