TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Tojikiston poytaxtida elektr ta’minoti avariyadan keyin tiklandi, deb xabar berdi RIA Novostiga "Barki Tochik" energoxoldingi vakili.
"Tojikiston poytaxtining markaziy qismida elektr ta’minoti uzilganidan keyin qayta tiklandi", — dedi vakil.
U energiya tarmoqlarida avariya yuz bergani uchun elektr ta’minoti 2,5 soatga to‘xtab qolganini bildirdi. Ayni paytda poytaxtning 50%dan ortiq hududida elektr ta’minoti qayta tiklanganini bildirdi energoxolding vakili.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, avariya Dushanbedan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan Nurak GESida yuz bergan.