Tojikiston hududining 90%i elektrsiz qoldi

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka o‘tishLEP
LEP - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga qaraganda, ayni paytda faqat Ko‘lob shahridagi uylardagina chiroq bor.

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Sputnik Tojikistonning ma’lum qilishicha, energiya tizimidagi nosozlik sababli mamlakat hududining 90%i elektr ta’minotisiz qoldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, ayni paytda faqat Ko‘lob shahridagi uylardagina chiroq bor.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, ushbu hodisa sodir bo‘lishiga ikkita sabab taxmin qilinmoqda. Birinchisi — hukumat Vaxshni to‘sish chog‘ida portlashni amalga oshirayotganida ehtiyot chorasi sifatida elektr ta’minotini uzib qo‘ygan. Bu yerda gap Rog‘un GESi haqida bormoqda.

Ikkinchi taxmin esa haqiqatga yaqinroq. Unga ko‘ra, mamlakatning katta hududini elektr bilan ta’minlaydigan LEP 500 elektr tizimida nosozlik yuz bergan.

"Barki tochik" energoxoldingi ushbu hodisaga izoh bermadi.

Yangiliklar lentasi
0