AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

© U.S. Embassy TashkentTomas Shennon Samarqandda
Tomas Shennon Samarqandda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomas Shennon O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov hamda AQSh elchisi Pamela Spratlen hamrohligida Samarqandning ayrim diqqatga sazovor joylarida bo‘ldi

TOShKENT, 29 okt – Sputnik. 28-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov Kerrining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bilan uchrashdi

Shuningdek, "S5+1" shaklidagi hamkorlik hamda xalqaro va mintaqa kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuvda AQSh elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.

Tomas Shennon shuningdek, Samarqandda bo‘ldi va u yerda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gullar qo‘ydi.

Bundan tashqari, Tomas Shennon O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov hamda AQSh elchisi Pamela Spratlen hamrohligida Samarqandning ayrim diqqatga sazovor joylarida bo‘ldi. Tomas Shennonning Samarqandga tashrifi aks etgan fotosuratlar AQShning O‘zbekistondagi elchixonasining Facebookdagi rasmiy sahifasiga joylashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0