TOShKENT, 23 sen — Sputnik. 2016-yilning 22-sentabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon bilan uchrashdi, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
Vazir Birinchi Prezident I.A.Karimovning vafoti munosabati bilan AQSh Prezidenti Barak Obama tomonidan bildirilgan hamdardlik uchun O‘zbekiston rahbariyati nomidan AQSh tomoniga minnatdorchilik bildirgan.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-AQSh kun tartibining dolzarb masalalari va munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.
Uchrashuvda ba’zi xalqaro va mintaqaviy muammolar ham muhokama qilingan.