Mirziyoyev raisligida o‘tgan majlisda Bosh prokuror axboroti tinglandi

© SputnikVirtual qabulxona sayti
Virtual qabulxona sayti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh vazir virtual qabulxonasi faoliyatining 1 oylik yakunlariga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. 25-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev raisligida Bosh vazir virtual qabulxonasi faoliyatining 1 oylik yakunlariga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning Facebookdagi rasmiy sahifasida ma’lum qilinmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga bo‘layotgan telefon qo‘ng‘iroqlari grafigi - Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir virtual qabulxonasiga bir kunda o‘n minglab qo‘ng‘iroqlar kelib tushmoqda

“Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining murojaatlarni ko‘rib chiqilayotganda sansalorliklarga yo‘l qo‘ygan qator mansabdor shaxslarga nisbatan choralar to‘g‘risidagi axboroti tinglandi. Majlisda berilgan boshqa yana qator topshiriqlar bo‘yicha bayonnomaning o‘rniga tegishli Vazirlar Mahkamasi Qarori qabul qilinadigan bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyovning virtual qabulxonasi shu yilning 24-sentabr kuni ishga tushgandi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi qabulxona faoliyati bilan tanishtirib boruvchi sahifada ma’lum qilinishicha, virtual qabulxona faoliyati boshlangandan keyingi birinchi haftada o‘rtacha kundalik murojaatlar soni 1 000 tadan ortgandi, ikkinchi haftada o‘rtacha kundalik murojaatlar soni 2 000 tadan ortdi, uchinchi haftada esa o‘rtacha kundalik murojaatlar soni 3 000 tadan ortdi, to‘rtinchi hafta oxirida kundalik murojaatlar soni 4000 tadan ortdi.
22 oktabr kuni umumiy murojaatlar soni 70 mingdan ortdi.

Yangiliklar lentasi
0