Bosh vazir virtual qabulxonasiga bir kunda o‘n minglab qo‘ng‘iroqlar kelib tushmoqda

© Sputnik / StringerShavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga bo‘layotgan telefon qo‘ng‘iroqlari grafigi
Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga bo‘layotgan telefon qo‘ng‘iroqlari grafigi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Murojaat qiluvchilarga internetdan foydalanishga imkoniyat bo‘lmay qolgandagina telefon orqali, aynan qo‘ng‘iroqlar kamroq bo‘ladigan vaqtda murojaat yuborish tavsiya etilmoqda

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri virtual qabulxonasining 1000 telefon raqamiga qo‘ng‘iroqlar soni keskin ravishda o‘sib bormoqda, deb xabar qilingan Shavkat Mirziyoyevning Facebook sahifasida.

Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Virtual qabulxona: har bir murojaat qat’iy nazoratda
Xabarda aytilishicha, 19-oktabr kuni bir sutka davomidagi qo‘ng‘iroqlar soni 19 mingdan ortgan. "Bularning barchasi murojaat yuborish emas, balki murojaatlarning holatini aniqlashtirish bilan ham bog‘liq. Ushbu holatda xizmat sifatini yaxshilash maqsadida operatorlar soni doimo orttirib borilayapti, lekin shu bilan birgalikda aynan qo‘ng‘iroq ko‘p bo‘ladigan vaqtlarda 1000 telefon raqamida navbat kutish holatlari kuzatilmoqda.

Shu sababli, murojaatlar imkoni boricha pm.gov.uz sayti orqali yuborilishi hamda holati tekshirilishi maqsadga muvofiq", — deyiladi xabarda.

Mabodo Internetdan foydalanishga imkoniyat bo‘lmay qolgandagina telefon orqali, aynan qo‘ng‘iroqlar kamroq bo‘ladigan vaqtda murojaat yuborgan ma’qulligi qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0