O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlar ro‘yxatga olindi

© Sputnik / StringerO‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasidagi saylov plakati
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasidagi saylov plakati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MSK O‘zbekistondagi to‘rt siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatilgan Prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga oldi

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Bugun bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda saylov komissiyasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Saylov jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
Bugun O‘zbekiston prezidentligi saylovlari uchun nomzodlar rasman ilgari surilmoqda

O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan Sarvar Sadullayevich Otamuratov, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Hatamjon Abduraxmonovich Ketmonov, O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Madjitovich Umarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar etib ro‘yxatga olindi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi Qonunning 28-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran ularning saylovoldi tashviqoti boshlanadi.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish hamda Komissiya vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0