Lukashenko MDH davlatlarini YeOIIga qo‘shilishga chaqirdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishAleksandr Lukashenko
Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Hech kimni majbur qilmaymiz, lekin agar tayyor bo‘lsangiz — marhamat", — dedi Lukashenko

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko MDH davlatlarini yanada chuqurroq integratsiyaga, xususan, YeOIIga qo‘shilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi yanada chuqurroq integratsiya, iqtisodiy integratsiya. MDHda kim tayyor bunga? Shartnoma (YeOII haqidagi — tah.) ochiq, biz bunga tayyor bo‘lgan barchani taklif etdik. Hech kimni majbur qilmaymiz, lekin agar tayyor bo‘lsangiz — marhamat", — dedi Lukashenko Minskdagi MDH va YeOII hukumatlari delegatsiyalari rahbarlari bilan uchrashuvda.

U yanada chuqur integratsiya sifatida Belorussiya va Rossiyaning davlatlar ittifoqini ko‘rsatdi. "Bu ibrat va namuna", — ta’kidladi belorus yetakchisi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va marhum Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

"… Agarda kimdir bunga tayyor bo‘lsa, iqtisodiy ittifoqdan iqtisodiy, harbiy-siyosiy, uzviy ittifoqqa, Belorussiya va Rossiya Ittifoqiga qo‘shilishga tayyor bo‘lsa – bu shartnoma ham ochiq", — dedi Belorussiya prezidenti.

YeOII — 2015-yil 1-yanvardan faoliyat boshlagan Yagona iqtisodiy makon va Bojxona ittifoqi asosida tashkil etilgan xalqaro integratsion iqtisodiy birlashma. Hozirda YeOIIga Rossiya, Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kiradi.

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) — sobiq SSSR davlatlarining aksariyatidan tashkil topgan davlatlararo birlashma. MDH tarkibiga Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Moldaviya, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kiradi.

Yangiliklar lentasi
0