Barcha erkin industrial zonalar imtiyozlari tenglashtirildi

© FacebookEIZ "Angren"
EIZ Angren - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan buyon Respublikadagi barcha EIZlarda faoliyat yuritayotgan korxonalar O‘zbekiston rezidentlari bilan chet el valyutasida hisob-kitob qilish huquqiga ega bo‘ldi. Oldin ushbu holat faqat “Navoi” EIZi uchun amal qilar edi.

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev erkin industrial zanalarga (EIZ) berilayotgan imtiyozlarni tenglashtiruvchi qaror imzoladi, RIA Novosti xabariga asosan.

Hujjatda aytilishiga ko‘ra, bundan buyon O‘zbekistonda faoliyat yuriayotgan barcha EIZlar  sarmoyadorlariga berilayotgan imtiyozlar bir xil bo‘ladi.

Xususan, sarmoya hajmi 300 ming dollardan 3 million dollargacha bo‘lganda, soliq, imtiyozi uch yilgacha muddatga beriladi. Sarmoya hajmi 3 millondan 5 milliongacha bo‘lganda – imtiyozlar 5-yil muddatga beriladi. 5-10 mln sarmoya kiritilganda – imtiyozlar 7-yilga, 10 mln. Dollardan ortiq sarmoya kiritilganda esa – barcha imtiyozlar muddati 10-yil bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, erkin industrial zonalarda faoliyat yuritayotgan korxonalar belgilangan imtiyozli muddat davomida yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, ijtimoiy sohani obodonlashtirish solig‘i, kichik korxonalar yagona solig‘idan ozod etilgan. Undan tashqari, imtiyozli muddat tuguganidan keyin yana besh yil davomida daromad va yagona soliqning faqat 50% ni  to‘lash huquqiga ega.

O‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Urgutda erkin industrial zonani tashkil qilishni taklif etdi

EIZlarda faoliyat yuritayotgan korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatini osonlashtirish maqsadida, eksport qilishga mo‘ljallangan tovarlar uchun olib kirilayotgan xom ashyo va yarim tayor mahsulotlar uchun bojxona soliqlaridan ham ozod qilingan.

Bundan buyon Respublikadagi barcha EIZlarda faoliyat yuritayotgan korxonalar O‘zbekiston rezidentlari bilan chet el valyutasida hisob-kitob qilish huquqiga ega bo‘ldi. Oldin ushbu holat faqat “Navoi” EIZi uchun amal qilar edi.

Bugungi kkunda O‘zbekistonda uch erkin industrial zona faoliyat yuritmoqda: “Navoi” (2008 yilda tashkil qilingan), “Angren” (2012) va “Jizzax” (2013). Ushbu yilning oktabr oyida Shavkat Mirziyoyev, Samarqand viloyatiga qilgan tashrifi davomida Urgut EIZi tashkil qilishni taklif qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0