TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Kompaniya sifati tez buziladigan mahsulotlarni refrijerator seksiyalarida eksport uchun tashiganda olinadigan 3700 dollar miqdoridagi qo‘shimcha yig‘imni yil oxiriga qadar to‘xtatib turadigan bo‘ldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda. Bundan tashqari, mamlakat ichida tashish masofasidan kelib chiqqan holda 30 foizdan 60 foizgacha pasaytirilgan tarif stavkalari koeffitsiyenti qo‘llaniladi.
Shuningdek, Yo'lReftrans AJga tegishli refrijerator seksiyalarida eksportga jo‘natiladigan yangi meva-sabzavot mahsulotlarini yuklashda imtiyozli muddat joriy etildi va yuk tashuvi uchun KTZ Express AJ orqali haq to‘langanda yangi meva-sabzavot mahsulotlarini Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali tranzit yuk tashishga 30 foizlik chegirma berildi.
Kompaniyaning bildirishicha, bir refrijerator seksiyasida tashiladigan yuk hajmi 200 tonnani tashkil etadi. Taqqoslash uchun: bir yuk avtotransporti 20 tonnagacha, aviatransport 50 tonnagacha yuk tashishi mumkin.
Temir yo‘l transportining yana bir ustunligi shundaki, yuk tashuvchi poyezd uchun ob-havo sharoitlari noqulaylik tug‘dirmaydi va qat’iy jadval bo‘yicha harakatlanadi.