Xo‘jaobod tumanida 43 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilinadi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishMeva-sabzavotlar
Meva-sabzavotlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil Toshkentda o‘tkazilgan I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida Xo‘jaobod tumani fermer va dehqonlari xorijiy kompaniyalar bilan ho‘l va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha 15 million 524 ming dollarlik shartnoma imzolagan.

TOShKENT, 26 sen – Sputnik. Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida joriy yilda 81,8 million dollarlik 43,1 ming tonna meva-sabzavot eksport qilinishi rejalashtirilgan, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida.

Portalda aytilishicha, joriy yil Toshkentda o‘tkazilgan I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida Xo‘jaobod tumani fermer va dehqonlari xorijiy kompaniyalar bilan ho‘l va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha 15 million 524 ming dollarlik shartnoma imzolagan.

Tumandagi “Navigul” O‘zbekiston – Germaniya qo‘shma korxonasida kuniga 100 tonna meva-sabzavotni qayta ishlash imkoniga ega yangi liniya ishga tushirildi. Bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlar nafaqat O‘zbekiston bozorlarida, balki qo‘shni davlatlarga ham sotilmoqda.

Toshkentda Xalqaro Meva-sabzavot yarmarkasi - Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida 2 mlrd $lik shartnomalar tuzildi

Joriy yilda tumanda g‘alladan bo‘shagan 2 ming 91 gektar maydonga sabzavot, kartoshka, kungaboqar, dukkakli va poliz ekinlari ekildi. Ana shu ekinlar hisobidan mahsulot yetkazib berish bo‘yicha fermer va dehqonlar bilan 207 shartnoma imzolandi. Kelishuvga ko‘ra, belgilangan muddatlarda 31 turdagi 5 ming 531 tonna tonna meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib beriladi.

Ayni paytda tumanda sig‘imi 6 ming tonnalik sovutkich shay holatga keltirilib, mahsulotni asl holicha saqlash, ichki va tashqi bozorga sifatli yetkazib berish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0