TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Toshkent-Yangiyo‘l trassasida katta tezlikda simog‘ochga kelib urilgan avtomobil haqidagi yangilikni qizg‘in muhokama qilishmoqda.
Zarba shu darajada kuchli bo‘lganki, simog‘och mashinaning old o‘rindig‘igacha kirib ketgan. Haydovchi mo‘’jizaviy ravishda omon qolgan.
Facebookdagi "Voditeli Tashkenta" sahifasida halokatga uchragan "Spark" avtomobilining suratlari joylashtirildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, "Spark" haydovchisi rulda uxlab qolgan va mashina katta tezlikda simog‘ochga kelib urilgan. Avtomobil butkul majaqlanib ketgan va uni qayti tiklashning iloji yo‘q.
Foydalanuvchilar qoldirgan izohlarda mazkur trassada tezlik tartibiga hech kim rioya qilmasligi aytiladi. Yana kimdir esa avtomobilga achinib: "Bizda odamlar mashina sotib olish uchun yillab pul to‘plashadi, keyin esa mana bunday holatga keltirgani mashinani olish uchun yana bir yil kutishadi" deb yozadi.