Toshkentda avtobus va yengil mashina to‘qnashuvi oqibatida bir inson halok bo‘ldi

© Facebook / Voditeli TashkentaToshkentning Yunusobod tumanidagi yirik YHT
Toshkentning Yunusobod tumanidagi yirik YHT - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muqimiy ko‘chasidan kelayotgan avtobus Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan yengil mashinaga borib urilgan

TOShKENT, 5 okt – Sputnik. 5-oktabr tongida Toshkent shahrida yirik yo‘l transporti oqibatida bir inson hayotdan ko‘z yumdi va kishilarga moddiy talofatlar yetkazildi, deb yozadi nuz.uz.

Xabarda aytilishicha, Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasida 5-oktabr 5:30-6:00lar atrofida yo‘lovchi tashuvchi avtobus va “Lasetti” rusumli mashinalar o‘zaro to‘qnashib ketgan. Muqimiy ko‘chasidan kelayotgan avtobus Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan yengil mashinaga borib urilgan.

Yunusobod tumanidagi YHT - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda to‘rtta avtomobil ishtirokida dahshatli YTH yuz berdi

Buning oqibatida yengil mashina boshqaruvida bo‘lgan ayol voqea joyida jon bergan. Guvohlarning hamda avtotransport egalarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu katta chorrahada 2-3 kundan beri yo‘l chiroqlari yo‘q. Borlari yangi ko‘prik qurilishi munosabati bilan olib tashlangan. YPX xodimlari kunning istalgan vaqtida chorrahada turishadi. Qolgan paytlarda esa ana shunday ulkan chorrahada harakatlanuvchi avtoulovlar o‘zlari bilganicha ish tutadi, deyiladi xabarda.

Mazkur chorraha ko‘chalaridan biri Muqimiyda joylashgan 173-maktab piyoda yo‘laklari yaqinida ham yo‘l chiroqlar mavjud emas. Maktab o‘quvchilari "bir amallab" ta’lim dargohiga o‘tib olishadi, deb yoziladi saytda.

Yangiliklar lentasi
0