ShHT davlatlari organlari 500ta saytni blok qildi

© fotoliaKiberjinoyat
Kiberjinoyat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHT davlatlarining vakolatli organlari o‘zaro hamkorlikda o‘tkazgan tadbirlari natijasida 2015-yilda terrorizm, separatizm va ekstremizm g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi 500ta sayt va 200 mingga yaqin terroristik ruhdagi materiallarga to‘siq qo‘yildi

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning huquqni muhofaza qilish organlari 2015-yilda terrorizm, separatizm va ekstremizm g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi 500ta saytga kirishga to‘siq qo‘ydi, dedi ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sisoyev, deb yozadi RIA Novosti.

Payshanba kuni Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlik va xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha to‘rtinchi ilmiy-amaliy anjumani boshlandi.

"ShHT davlatlarining vakolatli organlari o‘zaro hamkorlikda o‘tkazgan tadbirlari natijasida 2015-yilda terrorizm, separatizm va ekstremizm g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi 500ta sayt va 200 mingga yaqin terroristik ruhdagi materiallarga to‘siq qo‘yildi", — dedi Sisoyev anjuman ochilishida.

MATT direktori o‘tgan yili oktabrda Xitoyda bo‘lib o‘tgan "Samin-2015" birinchi shtab mashg‘ulotlari ShHTga a’zo davlatlarning axborot makonini himoya qilish sohasidagi muhim qadam bo‘lganligini aytib o‘tdi.

ShHT harbiylarinig o‘quv mashg‘uloti - Sputnik O‘zbekiston
ShHT antiterror o‘quv-mashg‘ulotlari

"Mashg‘ulotlar davomida a’zo-davlatlar vakolatli organlarining qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi internet tarmog‘ida terrorchilik tashkilotlarining buzg‘unchilik faoliyatini aniqlash va unga chek qo‘yish bo‘yicha maxsus tadbirlarni rejalashtirish, tayyorlash va o‘tkazish borasida o‘z mahoratlarini oshirdilar", — dedi Sisoyev.

Shuningdek, ShHT MATT 2012-2015 yillar davomida terrorchilik faoliyati uchun qidiruvda bo‘lgan 4 mingga yaqin shaxs haqidagi ma’lumotni o‘z bazasiga kiritdi.

"ShHT MATT tomonidan keyingi to‘rt yil davomida olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlar xalqaro qidiruvda bo‘lgan 2 mingdan ortiq, shuningdek terrorchilik tashkilotlari safida janglarda qatnashish uchun Yaqin Sharqqa ketgan 1,7 mingdan ortiq shaxslarni ro‘yxatga olishga hamda terrorchilarni operativ qidiruv choralari samaradorligini oshirish imkonini berdi", — dedi Yevgeniy Sisoyev.

ShHTga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston a’zo. Belorussiya, Mongoliya, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston kuzatuvchi maqomiga ega. 2015-yil iyulda Hindiston va Pokistonni tashkilotga a’zolikka qabul qilish jarayoni boshlangan. Tashkilotning 24-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan sammitida bu ikki davlatning majburiyatlarni bajarishni qabul qilishlari haqidagi memorandum imzolandi. 2017-yilda Ostonada bo‘lib o‘tadigan sammitda ular tashkilotning to‘laqonli a’zosiga aylanishlari rejalashtirilgan. ShHT MATTning shtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0