“Edelveys” tog‘ poligonida bo‘lib o‘tgan o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish uchun ShHTning besh mamlakatidan harbiylar o‘z jangovar texnikasi bilan birga yetib kelishdi. Harbiy marsh 300 jangovar texnika, 10 harbiy samolyot va 2 mingdan ziyod askar va zobitlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-mashg‘ulotlar davomida besh mamalakat vakillari, ekstremizm, separatizm va terrorchilikka qarshi kurashda va antiterror operatsiyalar davomida harbiy qo‘shnlarni birgalikda boshqarish masalalari ustida ishlashadi.