Sarvar Otamurodov O‘zbekiston madaniy boyliklarini qaytarish tarafdori

© Sputnik / Vadim ShekunO‘zbekiston madaniy me’rosi namunalari
O‘zbekiston madaniy me’rosi namunalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Milliy tiklanish" partiyasi nomzodi Respublikada mavjud barcha madaniy me’ros obyektlarini inventarizatsiya qilib, ularni katalogini tuzish va hisobini olib borish tarfdori.

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Sarvar Otamurodov milliy madaniy me’rosni saqlab qolish tarafdori, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Uning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda mamlakatning buyuk olim va mutaffakkirlari tomonidan yaratilgan bebaho boyliklarning bir qismi taqdir taqozosiga ko‘ra chet mamlakatlarda saqlanmoqda.

“Biz soha muassasalari bilan birgalikda, vatanimiz buyuk shoir va yozuvchilari olim va mutaffakirlari tomonidan yaratilgan, bugungi kunda chet mamlakatlar muzey va arxivlarida saqlanayotgan ilm va san’at boyliklarini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha faol ishlaymiz”, — dedi Otamurodov.

Nomzodning fikriga ko‘ra, ayni damda madaniy me’ros obyektlarini to‘liq inventarizatsiya qilish kerak. Muzey, arxiv va kutubxonalarda saqlanayotgan, madaniy me’ros xususiyatiga ega bo‘lgan eksponat va arxiv hujjatlarini kataloglashtirish va hisobga olish tizimini takomillashtirish kerak. Shuningdek, bu borada qonunga ham kerakli o‘zgarishlak kiritilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

San’at muzeyi zali - Sputnik O‘zbekiston
O‘g‘irlangan san’at asarlari O‘zbekistonga qaytarildi

Otamurodovning fikriga ko‘ra, o‘zbek shaharlarining tarixiy ko‘rinishini va me’morchilik yodgorliklarini saqlab qolish, ta’mirlash hamda ularni YuNESKO Umumjahon  yodgorliklar ro‘yxatiga kiritishiga harakat qilish kerak.

Ushbu masalalrni hal qilish uchun nomzod maxsus Madaniy yodgorliklarni saqlab qolish Fondi tashkil qilish g‘oyasini taklif qildi. Ushbu fond qanday mablag‘lar bilan to‘ldirilishi haqida xabar berilgani yo‘q.

“O‘zbekistonda umumjahon ahamiyatiga ega bo‘lgan ko‘plab tarixiy-madaniyo yodgorliklar bor. Muzey, arxiv va kutubxonalarda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab qo‘lozmalar, eksponat va kolleksiyalar hamda hujjatlar saqlanmoqda. Ushbu boy tarixiy me’rosni saqlab qolish uchun ulkan ishlar amalga oshirilgan. Lekin o‘tkazilgan tadqiqotlar yana ko‘playu madaniy me’ros namunalari hisob va kataloglashtirishga muhtoj”, — dedi  "Milliy tiklanish" partiyasi nomzodi.

O‘zbekistonda prezident saylovi 4-dekabrda bo‘lib o‘tadi. Respublikaning yetakchi partiyalari davlat rahbari vazifasiga o‘z nomzodlarini taklif qilishdi. O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyev, “Milliy tiklanish”dan – Sarvar Otamurodov, “Adolat”dan – Narimon Umarov va UXDPdan – Hotamjon Ketmonov.

O‘zbekiston madaniy merosi
O‘zbekiston madaniy merosi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston madaniy merosi

 

 

Yangiliklar lentasi
0