TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Respublika MXX respublika hududiga o‘g‘irlangan sakkiz tasvirni qaytarishdi, deb xabar berdi RIA Novosti, MXX matbuot xizmati ma’lumoti asosida.
San’at asarlarining vatanga qaytishi ikki mamlakat huquni saqlash organlarining yaqin hamkorligi natijasida sodir bo‘ldi.
Tasvirlar Davlat San’at muzeyidan o‘g‘irlangan bo‘lib, ular orasida Aleksey Nikolayevning “Qiz va mevalar”, Oganes Tatevosanning “Baliq ovida”, “Choyxona”, “Urgut yo‘li”, “Buxoro” tasvirlari bor.
O‘tgan yil oxirida Toshkent shahar sudi muzeysobiq ishchilaridan bir guruhini 3-yildan 9-yilgacha qamoq jazosiga mahkum qilgan edi.
Xodimlar san’at asarlarini sotishda ayblangan edilar. Jinoiy guruhga muzeyning avvalgi bosh saqlovchisi Mirfayzi usmonov boshchilik qilgan.
Tergov xodimlari ma’lumotiga qaraganda, 15-yil davomida jinoyatchilar 170 dan ziyod sanxat asarlarini qalbakisiga almashtirib, davlatga 20 million dollar zarar yetkazdilar.
Shu bilan bir vaqtda, yana bir jinoiy ish Saviskiy nomli Qoraqalpog‘iston san’at muzeyidan tasvirlar yo‘qolishi munosobati bilan qo‘zg‘atildi. U yerda o‘g‘irlangan asarlarning umumiy narxi 580 million so‘mni tashkil qildi.