TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston ikki davlat o‘rtasidagi viza tartibini yumshatish masalalarini muhokama qiladi, deb xabar beradi Sputnik Tojikiston O‘zbekistonning Tojikistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Shoqosim Shoislomovga asoslanib.
"Avvalo bu chegara o‘tkazuv punktlarida fuqarolarning o‘tishlarini yengillashtirishga taalluqli. U shuningdek chegaroldi tumanlaridagi aholining chegaradan o‘tishi, viza olish jarayonini soddalashtirish va boshqa masalalarni o‘z ichiga oladi", — dedi u.
Ammo Shoislomov viza to‘laligicha bekor qilinishi haqida gapirishga erta ekanligini qayd etdi.
"Ehtimol, bu masala bo‘yicha yakuniy qaror Afg‘onistondagi radikal guruhlarning kirib kelish xavfi butunlay bartaraf bo‘lganidan keyin qabul qilinishi mumkin", — ta’kidladi diplomat.
Shuningdek, o‘zbek diplomati bundan 14-yil ilgari viza tartibi tojik xalqiga qarshi emas, Tojikiston bilan 1,4 ming kilometr uzunlikdagi chegaraga ega Afg‘onistondan radikal guruhlarning kirib kelishining oldini olish uchun joriy etilganligini bildirdi.