TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov boshchiligidagi vakillar delegatsiyasi chorshanba kuni Qirg‘izistonning O‘sh shahriga tashrif buyurdi. Mehmonlar Qirg‘iziston xalqlari assambleyasi vakillari bilan uchrashadilar, drama teatrida spektakl tomosha qilishadi hamda talabalar bilan uchrashishadi. Bu haqda respublika hukumati saytida ma’lum qilingan.
Mehmonlarni qirg‘iz zaminida respublika bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammetkaliy Abulgaziyev, bosh vazir o‘rinbosari Jenish Razakov, O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlari rahbarlari hamda jamoat va madaniyat arboblari kutib oldilar.
"Delegatsiya O‘sh shahri markaziy maydonidagi madaniy bayram tadbiriga tashrif buyuradi va Qirg‘iziston xalqlari assambleyasi vakillari bilan uchrashadi. Bobur nomidagi drama teatrida "Semetey Manas o‘g‘li" teatrlashtirilgan dasturini tomosha qiladilar. Shu bilan birga o‘zbek delegatsiyasi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishadi, O‘sh davlat universitetida talabalar bilan uchrashadi. Tashrif nihoyasida delegatsiya vakillari "Sulayman-Too" tarixiy etnografik majmuasiga safar uyushtiradilar", — deyiladi hukumat xabarida.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi.
Eslatib o‘tamiz, 1-oktabr kuni Qirg‘iziston delegatsiyasi vakillari do‘stona tashrif bilan Andijon shahriga kelgandi.