O‘zbekiston va Qirg‘iziston vakillari memorandum imzoladilar

© Pravitelstvo KRO‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradosh viloyatlari vakillari
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradosh viloyatlari vakillari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Viloyatlar hokimlari chegara oldi tumanlarida yashovchi aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni muhokama qilish maqsadida har oyda uchrashib turishga kelishib oldilar

TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegaradosh hududlari (har bir tomondan uchtadan viloyat) o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar, deb xabar beradi Sputnik Qirg‘iziston Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmatiga tayanib.

Hujjatga O‘zbekiston tomonidan Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari hokimlari hamda Qirg‘iziston tomonidan O‘sh, Botken va Jalolobod viloyatlari hokimiyatlari rahbarlari imzo chekdilar. Memorandum Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammetkaliy Abdulgaziyev boshchiligidagi qirg‘iz delegatsiyasining tashrifi doirasida qabul qilindi.

Viloyatlar hokimlari chegara oldi tumanlarida yashovchi aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni muhokama qilish maqsadida har oyda uchrashib turishga kelishib oldilar. Shuningdek, qirg‘iz-o‘zbek hamkorligini rivojlantirish maqsadida o‘zbek delegatsiyasining Qirg‘izistonga javob tashrifi rejalashtirilmoqda.

Chegarachilar - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi vaziyat barqaror

Qirg‘iziston delegatsiyasining tashrifi 1-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar bilan Andijon Davlat Universiteti, temir yo‘l vokzali, “Do‘stlik uyi”, Xo‘jaobod tumanidagi 10-umumta’lim maktabida uchrashuvlar o‘tkazildi. Oltinko‘l tumani Dalvarzin mahallasidagi zamonaviy rusumda qurilgan aholi turarjoylarini ko‘zdan kechirib, Asakadagi "GM Uzbekistan" avtomobil zavodiga tashrif buyurdilar.

Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi, O‘sh va Botken viloyatlari hokimiyatlarining vakolatli vakillari, Osh meri, oqsoqollar hamda madaniyat arboblaridan iborat delegatsiya hamda uchrashuv ishtirokchilari uchun kun yakunida O‘zbekiston san’at ustalari hamda  Qirg‘izistondan kelgan san’atkorlar tomonidan katta konsert dasturi namoyish etildi.

Yangiliklar lentasi
0