Rossiya muftiylar kengashi haqiqiy musulmonlar haqida fatvo berdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRossiya muftiylar kengashi
Rossiya muftiylar kengashi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Unda haqiqiy islom tarafdorlari ko‘rsatib berilgan

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Rossiya muftiylar kengashi (RMK) haqiqiy musulmonlar haqida fatvo berdi va Grozniyda berilgan fatvoning to‘ldirilgan talqini deb atadi. Fatvoda radikal islomiy harakatlar belgilari sanab o‘tilgan, deb xabar beradi RIA Novosti. Islomshunoslar musulmonlarning bo‘linishi uchun asos yo‘q, har ikki hujjat o‘xshash deb hisoblashmoqda.

Grozniy fatvosi avgust oxirida "Sunna ahli — ular kimlar?" anjumani yakunida qabul qilingandi. Hujjat "Rossiya muftiylari va olimlarining yakdil qarori hisoblanishi va Rossiya Federatsiyasi hududidagi barcha musulmon tashkilotlari tomonidan ijro etilishi shart"ligi aytilgan. Unda haqiqiy islom tarafdorlari ko‘rsatib berilgan, turli oqimlar, xususan Arabiston yarimorolida XVIII asrda paydo bo‘lgan vahhobiylar firqasi qoralangan.

Ammo RMK fatvo chala ishlangan degan bayonot bilan chiqdi va bunday hujjatlar "roziman/rozimasman kabi ko‘rinishdagi bir tomonlama baholanmaydi" dedi. Shuning uchun ushbu hujjat borasida "barcha vakolatli tomonlarni jalb etgan holda umumrossiya xarakterini" ifodalovchi ulamolar yig‘ilishini o‘tkazish lozimligini bildirdi.

"Mazkur fatvo Rossiya muftiylar kengashining ulamolar kengashi va RF musulmonlar diniy boshqarmasi chiqargan xulosa hamda 2016-yilning 25-27 avgustida bo‘lib o‘tgan Grozniy anjumanida qabul qilingan fatvoning to‘ldirilgan talqinidir", — deyiladi RMK saytida.

Fatvoda xususan, qanday harakatlar radikal islom harakati deb hisoblanishi bildirilgan. Ular quyidagilardir: "insonlarning hayoti yoki mulkiga suiqasd qilish, diniy toqatsizlik asosida qotillik qilish", "boshqa musulmonlar qadri va g‘ururini yerga urish, ularni kofirlar qatoriga qo‘shish", "o‘zlarining "yagona"ligini", "mutlaq haq"ligini va boshqalarning fikrini inobatga olmasliklarini" da’vo qilish hamda "diniy toqatsizlik oqibatida qurolli to‘qnashuvlar uyushtirish, jamiyatdagi tinch hayotni buzish".

Glava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov: Musulmon dunyosi uchun eng katta xavf - Islom obro‘sini to‘kishga qaratilgan harakatlardir

RFA sharqshunoslik institutining Markaziy Osiyo, Kavkaz va Ural-Volgabo‘yini o‘rganish markazi rahbari Alikber Alikberov RMK fatvosiga izoh berarkan, hujjat "narigi fatvoga (Grozniy fatvosi — tah.) zid kelmasligini" qayd etdi.

"Amalda, umumiy holatlarda ular bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu yaxshi, chunki biz ikki hudud, ikki maktab o‘rtasida yangi bo‘linish paydo bo‘lishidan cho‘chigandik. Lekin bunday bo‘lmadi", — dedi u.

Uning aytishicha, har ikki fatvoda "bir xil manba va dalillarga tayanilgan" va "umumiy murojaat" qilingan: hech qaysi firqa "sunniy musulmonlar" atamasini o‘zlashtira olmaydi. 

Yangiliklar lentasi
0