TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Abdulaziz Komilovning Islom Hamkorligi tashkiloti Tashqi Ishlar vazirlari kengashida 26-iyul kuni so‘zlagan nutqi matniga asosan.
Nutq boshida Kamilov IHT bosh kotibi o‘rinbosari va barcha delegatsiya a’zolarini qutlab, ushbu majlisni yuqori darajada tashkil qligan mezbonlarga minnatdorchilik bildirdi.
Keyin vazir Islom Hamkorligi tashkilotining 43 sessiyasi ushbu yilning 18-19 oktabrida Toshkentda bo‘lib o‘tishini aytib, O‘zbekiston tomon ushbu muhim tadbirga faol tayorgarlik ko‘rilayotganini ta’kidladi.
Kamilov bu borada IHT bosh kotibi janob Iyad Amin Madani tomonidan ko‘rsatilayotgan shaxsiy yordamni ham alohida esga olib o‘tdi.
Keyin vazir O‘zbekiston 1996-yildan beri IHT a’zosi ekanligini va kelajakda tashkilot bilan hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berayotganini ta’kidladi. Ushbu yilning boshida O‘zbekiston IHT Nizomini qabul qildi. “Nizomni qabul qilmagan boshqa mamlakatlardan ham ushbu asosiy hujjatni tezroq qabul qilishni so‘raymiz”, — dedi Kamilov.
Globalizatsiya jarayonlarining jadalligi va xalqaro munosobatlarning o‘zgaruvchanligini tushungan holda, O‘zbekiston IHT oldida paydo bo‘layotgan to‘siq va xavfsizlik tahdidlarini yaxshi tushunadi, — dedi vazir. Bunday sharoitda turli xalqlar, dinlar va madaniyatlar orasida o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida IHTning roli o‘sib borayotganini ham ta’kidlab o‘tdi.
“Bizning tushunishimizcha, ayni damda musulmon dunyosi oldida turgan eng asosiy chaqiriqlardan biri, bu Islom dini nomiga dog‘ tushurish va uning obro‘sini pastga urishga qaratilgan hatti-harakatlardir”, — dedi Abdulaziz Kamilov.
Bunday sharoitda IHT faoliyatining oldingi qatoriga haqiqiy islomiy qadriyatlari va musulmonchilik madaniyatini asrab qolishga qaratilgan faoliyat egallashi kerakligini hamda IHT islom dinining tinchlik va uyg‘unlikni, bag‘rikenglik va intellektual barkamollikni rivojlantirishga qaratilgan ulkan tarixiy mohiyatini namoyish qilishi kerakligini aytib o‘tdi.
“Ushbu tamoyillarni hisobga olgan holda, O‘zbekiston o‘zining Tashqi Ishlar Vazirlari kengashida (TIVK) raisligi davrida, tashkilotni musulmon davlatlari orasida, madaniy-gumanitar salohiyatiga alohida urg‘u berilgan, obro‘li forumga aylantirishga harakat qiladi. Raislik davriga qabul qilingan shior “Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va yaratuvchanlikka yo‘l” – uning yo‘nalishini aniq ifodalaydi”, — dedi Tashqi ishlar vaziri.
So‘zining davomida, Abulaziz Kamilov belgilab olgan ustuvor yo‘nalishlar haqida aytib berdi:
Birinchidan, dunyoda siyosiy, iqtisodiy va gumanitar raqobat kuchaymoqda. Bunday sharoitda IHT mamlakatlarimizning intellektual, ilmiy-texnik va texnologik salohiyatini kuchaytirishga alohida e’tibor berishi kerak.
Bu borada bizning o‘tgan buyuk bobokalonlarimiz yutuqlari va ilmlarini o‘rganish, ularning dunyo sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasini ommaviylashtirish muhim o‘rin egallaydi. Misol uchun, O‘zbekiston islom madaniyatiga oid takrorlanmas me’rosga ega. Imom Al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Beruniy, Al-Xorazmiy va Al-Motrudiy kabi ismlar nafaqat musulmon balkim butun dunyoga yaxshi tanish.
Ularning mehnati va dunyo taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini o‘rganish, islomiy g‘oya va qadriyatlarni to‘g‘ri talqin qilish, ayniqsa yosh avlod uchun, hamda Islomni xalqaro maydonda himoya qilish uchun o‘ta muhimdir.
Ikkinchidan, ilmiy-texnik sohada keng ko‘lamli hamkorliksiz, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning iloji yo‘q. Shuning uchun IHT kun tartibida fan va texnikani rivojlantirish munosib o‘rin egallashi kerak.
Uchinchidan, xavfsizlik muammolari alohida davlatlar va umuman musulmon dunyosi rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu muammolarni yengib o‘tishda, dastlab, IHTga a’zo mamalkatlar orasidagi nizolarni bartaraf etish va terrorchilik va ekstremizmga qarshi ularning harakatini birlashtirish - o‘ta muhim ahamiyatga ega.
To‘rtinchidan, islom dunyosi ulkan iqtisodiy, sarmoyaviy va xom-ashyo salohiyatlariga egadir. Bular birgalikda uzoq vaqt davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni yuqori sur’atda ushlab turishi mumkin. Bundan kelib chiqqan holda, IHT davlatlari orasida o‘zaro manfaatli savdo va sarmoya hamkorligini rivojlantirish kerak deb o‘ylaymiz.
Beshinchidan, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishini oldini olish bu hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridan biridir. 1992-yilda O‘zbekiston Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaga, 1993-yilda esa – O‘rta Osiyoda yadro qurolisiz hudud tashkil qilish shartnomasi a’zosi bo‘ldi. Undan tashqari O‘zbekiston 2014-yilda,BMT xavfsizlik kengashinining barcha doimiy vakillari kabi, “Kafolat protokoli”ni imzolagan.
Abdulaziz Komilov vaziyatdan foydalanib TIV rahbarlariga Toshkent TIVK sessiyasi doirasida Islom sivilizatsiyasi rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan Samarqand, Buxoro kabi shaharlarga sayohat uyushtirilishini ham aytib o‘tdi.
Assalamu alaykum va raxmatulloxi va barakatuxu!, — deb so‘zlarini yakunladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov.