Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziriga hamdardlik maktubi yo‘lladi

© Sputnik / StringerPokiston bayrog‘i
Pokiston bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujum natijasida 60 nafardan ziyod kishi qurbon bo‘ldi, 165 kishi jarohatlandi

TOShKENT, 26 okt – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Kvetta shahridagi politsiya akademiyasida sodir etilgan terrorchilik hujumi natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Navoz Sharifga maktub yo‘lladi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida ma’lum qilindi.

Pakistanskaya politsiya - Sputnik O‘zbekiston
Pokistonda terrorchilar hujumidan 59 talaba qurbon bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston Hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi hamda halok bo‘lganlarning oila a’zolariga va jarohat olganlarga samimiy hamdardlik izhor etdi.

Eslatib o‘tamiz, akademiyaga 25-oktabr kuni ertalab uyushtirilgan hujum natijasida 60 nafardan ziyod kishi qurbon bo‘ldi, 165 kishi jarohatlandi. Hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.

Yangiliklar lentasi
0