Pokistonda terrorchilar hujumidan 59 talaba qurbon bo‘ldi

© AFP 2023 / ARIF ALI Pakistanskaya politsiya
Pakistanskaya politsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tolibon"ga aloqador xudkush terrorchilar politsiya akademiyasiga qilgan hujumi natijasida kamida 59 nafar yosh politsiyachi qurbon bo‘ldi.

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Pokistonning Kvetta shahrida joylashgan politsiya akademiyasiga uyushtirilgan hujum natijasida kamida 59 talaba qurbon bo‘ldi, deb xabar GEO TV telekanali.

Assoshieyted Press xabariga ko‘ra, Belujiston viloyati IIV rahbari Sarfraz Bugti hujum qilgan uch terrorchi yo‘q qilingani va qutqaruv operatsiyasi yakunlanganini xabar bergan. Jangarilarning barchasida xudkushlar kamari bo‘lgan.   

Dastlab, OAVlar politsiya akademiyasiga qilingan hujumda olti nafar terrorchi qatnashganini xabar berishgan edi. Bilim yurtida umumiy hisobda 500 nafar yosh politsiyachi ta’lim oladi.

Harbiylar xabariga ko‘ra, hujum "Tolibon"ga aloqador bo‘lgan "Lashkar-e Djangvi" guruhi tomonidan amalga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0