Qirg‘iz siyosatchisi: chegara muammosi 2018-yilda hal qilinadi

© Foto / predostavleno Bakitom BaketayevimBakit Baketayev
Bakit Baketayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bakit Baktayevning fikriga ko‘ra, davlatlararo munosabatlarning muvaffaqiyatli bo‘lishi 50%ga davlat rahbarlarining o‘zaro munosabatlariga bog‘liq.

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Qirg‘izistonlik siyosatchi Baktayevning fikriga ko‘ra O‘zbekiston rahbariyati o‘zgarishi munosabati bilan qirg‘iz-o‘zbek munosabatlari yaxshilanadi va mamlakatlari orasida ijobiy hamkorlik va qo‘shnichilik munosabatlari boshlanadi.

“Mirziyoyev qo‘shnilar bilan yangi, hamkorlik qilishga qaratilgan siyosat olib boradi. Chegara bilan bog‘liq tortishuvlar esa – eng mushkul, u har qanday mamlakatni xavotirga soladi”, — dedi Baktayev. 

Siyosatchining fikriga ko‘ra, qo‘shnilar orasida bir-biriga nisbatan yashirin nizo bo‘lmasligi kerak. Munosabatlarning muvaffaqiyatli bo‘lishi, qariyib 50 foizga

V Kirgizstan pribila delegatsiya Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Do‘stona javob tashrifi: O‘zbekiston delegatsiyasi O‘sh shahrida
davlat rahbarlarining o‘zaro shaxsiy munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ikki tarafdan qo‘yilayotgan qadamlarga ko‘ra, yaqin orada munosabatlar iliqlashib o‘z natijalarini bera boshlaydi va 2018-yilga kelib mamlakatlar orasidagi munosabatlarning “qonli yara”siga aylangan chegara muammosi — hal qilinadi.

Baktayev Qirg‘iziston va Tojikistonda yirik GES qurilishi munosabatlar yaxshilanishiga olib kelishi mumkin. Uning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston bu borada ilk qadamlarni qo‘ya boshlagan.

“Biz barcha sohalarda ravon va barqaror hamkorlik munosabatlariga umid qilishimiz mumkin”, — deb so‘zini yakunladi siyosatchi.

Yangiliklar lentasi
0