AQShdagi O‘zbekiston elchixonasida brifing bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Vashingtonda O‘zbekistonning bugungi kungi taraqqiyotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda AQShning yetakchi ekspert va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

TOShKENT, 26 okt – Sputnik. O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan brifingda Amerikaning rasmiy, ekspert, akademik va ishbilarmon doiralari vakillari shtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Xalq So‘zi nashri.

Uchrashuvda O‘zbekiston rasmiylaridan Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi Sodiq Safoyev asosiy ma’ruza bilan qatnashdi.

Ushbu brifing O‘zbekiston tashabbusi bilan tashkil qilingan bo‘lib, uning asosiy maqsadi mamalkatda bugungi kunda bo‘lib o‘tayotgan jarayonlarni okean orti siyosiy va biznes doiralariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkizish bo‘ldi.

Brifingda Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisning 8-sentabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi nutqida o‘z ifodasini topgan asosiy masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekistonning RFdagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan brifing - Sputnik O‘zbekiston
Ta’lim, texnologiyalar va xavfsizlik: O‘zbekistonning IHTdagi ustuvor yo‘nalishlari

Shuningdek, mamlakatimizda joriy yilning 4-dekabrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlikning borishi va 18-19 oktabr kunlari Toshkentda uyushtirilgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi yakunlariga doir ma’lumotlar ham tadbir mehmonlari e’tiboriga havola qilindi.

Brifing qatnashchilari tomonidan O‘zbekistondagi barqarorlik yuqori baholandi. Shubha yo‘qki, o‘tgan yillar davomida qonun ustuvorligi asosidagi ochiq hamda barqaror siyosiy tizimning izchil amal qilishi tufayli bunga erishildi.

O‘zbekiston sanoatni uzoq muddatli rivojlantirish istiqbollari va yetakchi xorijiy mamlakatlar bilan loyihalarni hayotga tatbiq qilish bo‘yicha aniq-ravshan rejalariga ega bo‘lgan davlatdir”, — degan fikr “Caterpilar” kompaniyasi rahbariyatida shakllanganini e’tirof etdi, “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida bunday mamlakatlar ko‘p emas”, — dedi u.

O‘z navbatida, Amerikadagi yetakchi “Baker&McKenzie” konsalting kompaniyasining sherigi T. Fayerson O‘zbekistondagi siyosiy hamda iqtisodiy barqarorlik faoliyat ko‘lamlarini kengaytirishdan manfaatdor xorijiy kompaniyalar uchun asosiy afzallik ekanligini aytib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0