Ketmonov: qurilish sohasi yangi ish joylari yaratishi mumkin

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishquruvchilar
quruvchilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston qurilish tashkilotlari Ittifoq davridan qolgan eski standartlardan voz kechib Yevropa texnik standartlar tizimiga o‘tishi kerak, deb hisoblaydi Ketmonov.

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekiston qurilish tashkilotlari, uy va binolar qurishda sobiq Ittifoq davridan qolgan eski standartlardan voz kechib — yevrokodlar, ya’ni binolarni qurish va loyihalashtirishda Yevropa texnik standartlar tizimiga o‘tishi kerak, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Qurilish materiallari kombinatida. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda namunaviy qurilish uchun zavodlar tarmog‘i yaratilmoqda

Bu haqida Xalq Demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Xotamjon Ketmonov o‘zining saylovoldi dasturida e’lon qildi.  

Uning fikriga ko‘ra bugungi kunda O‘zbekistonda qurilish sohasini zamonaviylashtirishga kerakli e’tibor qaratilmayapti. Qurilish sohasi esa iqtisodni tez rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishning muhim omillaridan biridir.

"Bugungi kunda bizda qurilish sohasining qonunniy asoslari, norma va  standartlari hamda texnologiyalari jahon standartlaridan orqada qolib ketgan.Ularni zamonaviy texnik vositalar hamda mutaxassislar bilan ta’minlash ham orqada qolib ketgan. Natijada chet el qurilish korxonalari o‘z xizmatlarini eksport qilish bilan shug‘ullanib mamlakatlariga valyuta olib kirish bilash shug‘ullanmoqda. Milliy qurilish tashkilotlarimiz esa ushbu talablarga javob bermayapti va bunday imkoniyatlarga ega emas", — dedi u.

Prezidentlikka nomzod qurilish tashkilotlarini moddiy-texnik ta’minlashni yaxshilash, yangi texnologiyalarni tadbiq qilish va oliy malakali mutaxassislarni taklif qilish uchun sharoit yaratish uchun ularga nisbatan soliq bosimini kamaytirishyni taklif qilmoqda. 

Prezidentlikka nomzod Hotamjon Ketmonov - Sputnik O‘zbekiston
Tanishing: O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov

Undan tashqari Ketmono qurilish sohasida sobiq Ittifoq davridan qolgan standartlarni bekor qilib yevropa qurilish standartlari — yevrokodlar tizimiga o‘tishni taklif qilmoqda.

"Malakali mutaxassislar tayorlashga alohida e’tibor berish kerak, ularni chet davlatlarga o‘qishga yuborish kerak. Yangi materiallar va texnologiyalar hamda yuqorida aytib o‘tilgan islohotlar O‘zbekiston korxonalarining chet el qurilish xizmatlari bozorlariga chiqishiga imkoniyat yaratishi mumkin", — dedi nomzod.

Yangiliklar lentasi
0