TOShKENT, 25 okt — Sputnik, Alena Palajchenko. Turkiyaning Antaliya shahrida portlash yuz berdi, deb xabar qildi shahar meri Menderes Turel.
Portlash mahalliy vaqt bilan soat 08:50 da sodir bo‘ldi. Antaliyadagi Savdo-sanoat palatasi yaqinida avtomobillar turar joyi yaqinida yuz bergan portlash natijasida 10-12 jarohatlangan. Jarohatlar asosan shisha bo‘laklari tegishi natijasida olingan. Bir avtomobil qattiq shikastlangan yana uchtasi o‘rtacha. Avtomobillardan birida gaz balloni portlagani ehtimoldan xoli emas.
“Shisha siniqlaridan olingan jarohatlar natijasida 10-12 kishi jarohatlandi, ularning hayotiga hech narsa xavf solayotgani yo‘q. Politsiya voqea sabablarini o‘rganmoqda. Voqea sodir bo‘lgan joy shahar markazidan uzoq va gavjum bo‘lmagani tufayli ushbu voqea terakt emas – deyilmoqda, lekin barcha variantlar ko‘rib chiqilmoqda. Bugun biz Savdo palatasida majlis o‘tkazshni rejalashtirgan edik va majlis baribir o‘tkaziladi”, — dedi Turel Haberturk telekanali efirida.
Bugun ertalab Sputnik AQSh Davlat departamentining o‘z fuqarolariga Turkiyaga sayohat qilmaslikni maslahat bergani haqida xabar bergan edi.