TOShKENT, 25 okt — Sputnik, Dmitriy Zlodorev. AQSh Davlat departamenti dushanba kuni mamlakat fuqarolarini Turkiya hududida terrorchilik ehtimoli hali ham kuchli ekanligi haqida ogohlantirdi.
"Davlat departamenti Turkiyada terrorchi guruhlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan teraktlar xavfi kuchli ekanligi haqida ogohlantirishda davom etadi. AQSh fuqarolari Turkiyaning janubiy-sharqiy qismiga va umuman Turkiya hududiga sayohat qilishdan oldin barcha xavflarni yaxshilab o‘rganishi kerak", — deyilgan xabarda.
Xabarda aytilishicha, Turkiyaning turistlar gavjum bo‘ladigan hududlarida, yirik tadbirlar chog‘ida, restoranlarida, savdo markazlarida, masjidlarida, yirik transport bog‘lamalarida, ko‘prik, aeroport, metro, avtobus va dengiz portlarida terrorchilik amalga oshirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning mart oyida Istambulning eng gavjum Sultonaxmet maydonida xudkush terrorchi Germaniyalik turistlar guruhi orasiga kirib o‘zini portlatib yuborgan edi. O‘shanda 10 kishi qurbon bo‘lgan edi.