TOShKENT, 13 yanv – RIA Novosti. Turkiyalik gid Sibel Satiroglu germaniyalik turistlarni og‘ohlantirib qurbonlar sonini kamaytirdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti, Hurriyet gazetasi xabariga asosan.
Istambulning tarixiy markazida, bir tomonidan mashhur Aya Safiya masjidi ikkkinchi tomondan hashamatli Ko‘k Gumbaz masjidi joylashgan, Istambulning tarixiy markazi — Sultanaxmet maydonida Seshanba kuni ayanchli terakt sodir bo‘ldi. Portlash yuz bergan vaqtda maydonda bir guruh sayohlar ekskursiyada bo‘lgan. Hukumat xabariga ko‘ra 10 kishi qurbon bo‘lgan 15 kishi jarohatlangan. Barcha qurbonlar chet el fuqarolari bo‘lib, ulardan 8 kishi Germaniya, 1 kishi Peru fuqarosi. Turkiya rasmiylari xabariga ko‘ra, portlash Suriyalik terrorchi, ID a’zosi tomonidan amalga oshirilgan.
Gid, Sibel Satirogluning so‘zlariga qaraganda, u Sultaaxmet maydonida, 20-25 kishilik nemis sayohlari guruhi uchun ekskursiya olib borayotgan vaqtda, guruh ichida “chiq” etgan g‘alati tovush eshitgan.
“Tovush menga g‘alati tuyuldi va nazarim menga notanish bo‘lgan yosh yigitga tushdi. Turkka uxshagan, zamonaviy kiyingan yigit turistlar guruhiga qo‘shilib olgan edi. Shu vaqt u yonidan portlovchi uskunaga o‘xshash buyum chiqardi. Men turistlarga nemischada "Laufen weg" (qochinglar) deb baqirdim va hamma qochishni boshladi. Shu vaqt portlash yuz berdi”, — deb Satirogluning so‘zlarini keltiradi gazeta.
Gidning o‘zi ham oyog‘idan yaralangan va portlash oqibatida eshitish qobiliyatini yo‘qotgan.