TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Aholi daromadlari, hayot darajasi va sifatini muttasil oshirishni ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi joriy yil boshidan buyon o‘rtacha oylik ish haqini 12,6 foiz oshirish imkonini berdi.
Shu yilning 1-oktabridan budjet sohasi xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori yana 15 %ga ko‘paydi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasini 2016-yilning to‘qqiz oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Davlat statistika qo‘mitasining hisobotida ma’lumot berildi.