TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Bugun tong soat 06:00 da Iroq harbiylari va Qurd ko‘ngillilari (peshmerga) Mosul yaqinida keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshlashdi, deb xabar qildi qurd qo‘shnlari rahbariyati Twitterda.
“Tong soat 06:00 Mosul Sharqidagi Xazirada peshmerga kuchlari va Mosul janubida Gver va Gayarda iroq harbiylari o‘zaro kelishilgan keng ko‘lamli operatsiya boshlashdi. Bu markazi Mosul bo‘lgan Naynava viloyatini ID terrorchilaridan ozod qilish uchun qo‘yilgan birinchi qadam bo‘ladi”, — deyilgan xabarda.
Iroq va Qurdiston hukumatlari orasida tuzilgan kelishuvga ko‘ra, Xazirada 4 ming nafar peshmerga kuchlari ID jangarilari tomonidan egallangan qishloqlarni ozod qilishi kerak.
Xalqaro koalitsiya samolyotlari ID jangarilari joylashgan hududlarga zarba bermoqda va butun operatsiya davomida ozod qilish kuchlariga havodan ko‘mak berib keladi — deyilgan xabarda.