TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Ichki ishlar xodimlari kuni arafasida O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bir guruh ichki ishlar xodimlarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar beradi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Jamoat xavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, xizmat burchini bajarish va milliy manfaatlarni himoya qilishda mardlik va jasorat ko‘rsatgani hamda yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh ichki ishlar xodimlari "Mehnat shuhrati", II darajali "Shon-sharaf", "Do‘stlik", "Mardlik" ordenlari, "Jasorat", "Sodiq xizmatlari uchun", "Shuhrat" medallari bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning 16-sentabrida O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev "Ichki ishlar organlari haqida"gi qonunga imzo chekkan edi.