Boboqulova qotillik qilganiga iqror bo‘ldi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishGulchehra Boboqulova
Gulchehra Boboqulova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gulchehra Boboqulova surunkali ruhiy kasallikka chalingan

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulovaningtarjimoni u to‘rt yoshli qizaloqni o‘ldirganini tan olganini aytdi, deb xabar berdi Moskvaning Xoroshevsk sudidan muxbir.

"U aybiga iqror bo‘ldi, ayblov hukmidan norozi emas. U boshqa hech narsa demadi", — deya uning so‘zlarini tarjima qilib berdi tojik tili bo‘yicha tarjimon Farida Xanifova.

Moskvaning Xoroshevsk sudi dushanba kuni jinoyat ishini ko‘rib chiqishga kirishdi. Prokuror tomonidan eshittirilgan jinoyat ishi materialiga ko‘ra, Boboqulova serebral falaj kasalligiga chalingan qizning enagasi bo‘lgan. Fevral tongida Moskvadagi Narodnoe opolchenie ko‘chasidagi xonadonda Boboqulova qizni bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Gulchehra Boboqulova - Sputnik O‘zbekiston
"Qotil-enaga" ishi bo‘yicha ayblov xulosasi prokuraturaga yuborildi

"So‘ngra u qizchaning boshini pichoq bilan kesib o‘zi bilan olib chiqib ketgan. Xonadondan chiqib ketayotib uyga lampa moyi yordamida o‘t qo‘ygan. Ko‘chada u huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan qo‘lga olingan", — deya ayblov o‘qidi prokuror.

Guvohlarning aytishlaricha, u qo‘lga olinguniga qadar ko‘chada 20 daqiqacha qizning boshini ko‘tarib yurgancha o‘zi bilan o‘zi gaplashgan va atrofdagilarga po‘pisa qilgan.

Jinoyat ishi doirasida majmuaviy statsionar psixolog-psixiatrlik ekspertizasi o‘tkazildi va xulosadan ma’lum bo‘lishicha, 39 yoshli Boboqulova surunkali ruhiy kasallikka chalingan.

Boboqulova "Voyaga yetmaganni o‘ldirish", "Birovning mulkini o‘t qo‘yish yo‘li bilan qasddan yo‘q qilish" va "Portlash haqida yolg‘on xabar berish" moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0