"Qotil-enaga" ishi bo‘yicha ayblov xulosasi prokuraturaga yuborildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishGulchehra Boboqulova
Gulchehra Boboqulova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Uni majburiy davolashga jo‘natish masalasi sud jarayonida hal bo‘ladi", — dedi Boboqulovaning advokati

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Yosh go‘dakning qotilligida ayblanayotgan o‘zbekistonlik Gulchehra Boboqulovaning advokati ishga oid hujjatlar bilan tanishib chiqdi, ayblov xulosasi tasdiqlash va sudga taqdim etish uchun prokuraturaga yuborildi, deb xabar beradi RIA Novosti advokat Anastasiya Jilkinaga asoslanib.

"Ish bo‘yicha dastlabki tergov yakunlandi. Biz ishga oid 20 jildga yaqin hujjatlar bilan tanishib chiqdik. Ayni paytda ayblov xulosasi tasdiqlash uchun prokuraturaga yuborilgan, so‘ngra ish sudga oshiriladi", — dedi advokat agentlikka.

Ilgariroq ish bo‘yicha hujjatlarni tarjima qilayotgan tarjimon RIA Novostiga Boboqulova ekspertlar tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganligini aytgandi. "Ekspertizani men izohlay olmayman, lekin uni majburiy davolashga jo‘natish masalasi sud jarayonida hal bo‘ladi", — dedi advokat.

Eslatib o‘tamiz, vahshiy qotillik joriy yil mart oyi boshida sodir etilgan edi. Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Gulchehra Boboqulova qizchaning ota-onasi to‘ng‘ich farzandini olib uydan chiqib ketishlarini kutgan, so‘ngra qizaloqni o‘ldirib, kvartiraga o‘t qo‘yib, ko‘chaga chiqib ketgan.

Nyanya Gulchexra Bobokulova - Sputnik O‘zbekiston
Qotil-enaga Gulchehra Boboqulova – “aqli noraso shaxs” deb topildi

Metro stansiyasi oldida qo‘lga olingunga qadar, Boboqulova 20 daqiqalarga yaqin qo‘lida qizchaning kesilgan boshini ushlagancha ko‘chada yurgan, o‘ziga o‘zi gapirib, politsiyachilar va yo‘lovchilarga po‘pisa qilgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi xabariga muvofiq, Boboqulovani bu qabih ishni amalga oshirishga undagan sheriklari bo‘lishi mumkin. Manba ta’kidiga qaraganda, qotil-enaga bilan birga yashagan erkak uni diniy ekstremistik g‘oyalar bilan "zaharlagan"ligi bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0