Benzin narxi oshishi sabab va natijalari - ekspert fikri

© Sputnik / Taras Litvinenko / Mediabankka o‘tishAYoQSh turgan avtomobil
AYoQSh turgan avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumatning ushbu qarorini narxlar keskin o‘sishi deb emas, benzin tanqisligi muammosini hal qilish tomoniga qo‘yilgan qadam deb qarash kerak.

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. O‘zbekiston hukumati 23-oktabrdan boshlab benzin narxini 31 — 35 % ga oshirgani haqida xabar bergan edik. Sputnik muxbiri soha ekspertlaridan biri bilan muloqotda bo‘ldi.

Mutaxassis aytishiga qaraganda hukumatning bunday qaror qabul qilishiga narxlar keskin o‘sishi deb emas, benzin tanqisligi muammosini hal qilish tomoniga qo‘yilgan qadam deb qarash kerak.

"Hozir ko‘pchillik benzin narxi o‘sgani haqida gapirayapti. Lekin bu yerda asosiysi narx oshishi emas, benzin narxini Toshkentda va boshqa viloyatlarda bir xil qilish. Axir uzoq vaqt davomida Toshkentda, benzin davlat tomonidan dotatsiya qilib o‘z tannarxidan arzon sotilayotgan edi. Bu holat turli olib-sotar uchun benzinni 2075 so‘mdan sotib olib viloyatlarda 3-5 mingdan sotishi uchun imkoniyat yaratar edi. Natajada Toshkentda benzin taqchil, viloyatlarda esa — qimmat edi" — deydi ekspert.

Ushbu qarorning asosiys maqsadi, respublika hududidagi barcha AYoQShlarda benzin narxini tenglashtirish. Oldin viloyatlarda tijorat narxda benzin sotayotgan AYoQShlar ham faoliyat yuritayotgan edi. Ular benzin narxini juda qimmat sotish hollari ham uchrab turardi.

Toshkentda sotilayotgan arzon benzin bo‘lmaganidan keyin, tijorat narxda sotilayotgan benzinning — narxi tushadi.

"Bozordan arzon narxda sotilayotgan benzinning yo‘q qilinishi olib-sotarlar faoliyatiga chek qo‘yadi va birinchi navbatda viloyatlarda benzin tijorat narxini tushiradi. Bunday tizim, albatta, doimiy ravishda barcha hududlar yetarli miqdorda benzin bilan ta’minlangan holda yaxshi natija beradi. Ikkinchidan ushbu chora davlat budjetidan Toshkentdagi arzon benzinni dotatsiya qilish uchun to‘lanayotgan ulkan xarajatlarni kamaytiradi. Ushbu mablag‘ bundan buyon yo‘llarni ta’mirlashga ishlatilishi mumkin",- deb hisoblaydi ekspert.  

Endi nima bo‘ladi?

Haydovchi benzin olmoqda - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zneftmahsulot" benzin tanqisligi haqidagi shov-shuvlarga oydinlik kiritdi

Mutaxassisning fikriga ko‘ra benzin narxi oshishi tufayli hali gaz o‘rnatmagan taksi avtomobillari yoppasiga gaz o‘rnatishga o‘tishi ham mumkin. Yangi gaz-ballon tizimi narxi 1,8 mln so‘m turadi. Ikkinchidan, taksi xizmatlari bozorini arzon va noqonuniy taksichilar tark eta boshlaydi. Natijada xaridorlar uchun taksi xizmatlari narxi biroz oshadi.

Transport xarajatlari narxi oshishi tufayli alohida mahsulot va xizmatlar narxi ham oshishi mumkin. Turli sohalarda ishlayotgan kichik korxonalar o‘z avtomobillarini gazga o‘tkazmaganligi sababi bilan.

Yangiliklar lentasi
0