O‘zLiDeP Mirziyoyev nomzodini ro‘yxatga olish uchun MSK komissiyasiga hujjatlar topshirdi

© http://www.elections.uz/uzb/events/news/6378/O‘zbekiston Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi
O‘zbekiston Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonunchilikka asosan siyosiy partiya rahbarining Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olishni iltimos qilib yozgan arizasi taqdim etildi

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Joriy yilning 22-oktabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining vakolatli vakili Markaziy saylov komissiyasiga siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olish uchun zarur hujjatlarni taqdim qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi xabar berdi.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, siyosiy partiya va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zLiDeP a’zolari saylovoldi targ‘ibotini o‘tkazishmoqda
Qonunchilikka asosan siyosiy partiya rahbarining Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olishni iltimos qilib yozgan arizasi taqdim etildi.

Arizaga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi VIII syezdining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori, syezdning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonnomasi, partiya tomonidan ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning o‘z nomzodi ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi to‘g‘risidagi arizasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilarning imzo varaqalari ilova qilindi.

Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma berdi. Taqdim etilgan hujjatlarning qonunda belgilangan muddatda saylov qonunchiligi talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi.

Hozirgi kunda Markaziy saylov komissiyasida imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganini tekshirish yuzasidan ichki ishlar, adliya organlarining, aholini hisobga olish bilan shug‘ullanuvchi muassasalarning mutaxassislari, shuningdek jamoatchilik vakillaridan iborat ekspertlar guruhlari o‘z ishini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 19-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan VIII syezdida O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod etib tasdiqlangandi.

Yangiliklar lentasi
0