O‘zLiDeP a’zolari saylovoldi targ‘ibotini o‘tkazishmoqda

© AFP 2023 / VIKTOR DRACHEVShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zLiDeP fraksiyasi saytida partiya a’zolari O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi boshqa nomzodlar dasturlaridan nimasi bilan farq qilishi haqida batafsil aytdilar

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. O‘zLiDeP partiyasi a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi haqida fikr bildirdilar.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Sodiqjon Turdiyev Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida o‘rta sinfning rivojlanishiga e’tibor qaratganini bildirgan.

"Ayniqsa, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida paydo bo‘lgan partiyamiz elektoratining negizi, ya’ni o‘rta sinf – tadbirkorlar, fermer va ishbilarmonlar qatlami shakllanishi va iqtisodiyotimizning tayanchiga aylanishida nomzodimizning munosib hissasini, mashaqqatli mehnatini alohida ta’kidlash lozim", — deydi u.

Shuningdek,Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Abduqodir Toshqulov Mirziyoyevning saylovoldi dasturidagi yo‘nalish va vazifalar hayotiy muammolar asosida belgilanganiga e’tibor qaratgan.

"Nomzodning Saylovoldi dasturida alohida tilga olingan erkin industrial zonalarning Urgut, G‘ijduvon tumanlari, Qo‘qon shahrida ham yaratilishi juda puxta o‘ylanganligini alohida ta’kidlash lozim", — deydi Toshqulov.

Yangiliklar lentasi
0