O‘zbekiston Havo yo‘llari, O‘zavtoyo‘l va Milliy bank AJga aylantiriladi

© Commons.wikimedia"O‘zbekiston havo yo‘llari" samolyoti
O‘zbekiston havo yo‘llari samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston havo yo‘llari", "O‘zavtoyo‘l", O‘zbekistogn Milliy Banki hamda NTMK aksionerlik jamiyatiga aylantiriladi

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. 2016-yil 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining "Davlat ulushi katta bo‘lgan aksionerlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori imzolandi, deb xabar qiladi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi matbuot-xizmati.

O‘zbekiston banklari davlat ulushini sotishga harakat qilmoqda
Qarorga ko‘ra, "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi, "O‘zavtoyo‘l" kompaniyasi, "O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki" unitar korxonasi hamda "Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati" davlat korxonasi 2016−2017 yillarda aksionerlik jamiyatlariga aylantiriladi.

Hujjatda shuningdek, 10 ta strategik aksionerlik jamiyati ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ular orasida yuqorida sanab o‘tilgan AJga aylantiriluvchi oddiy aksiyalarining 100 foizi davlatga tegishli kompaniyalar ham bor: bular "O‘zbekneftgaz" MXK; "O‘zbekenergo" AJ; "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ; "O‘zbekiston havo yo‘llari" AJ; "O‘zavtoyo‘l" AJ; "O‘zbektelekom" AJ; "Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati" AJ; "Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati" AJ; "Xalq banki" ATB; "O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki" ATB.

Yangiliklar lentasi
0