"O‘zbekenergo" rejani 9 oydayoq ortig‘i bilan bajardi

© AO "Uzbekenergo""O‘zbekenergo" AJ
O‘zbekenergo AJ - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekenergo" joriy yilning 9 oyi davomida to‘rtta loyihani ishga tushirdi, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda 146% ko‘rsatkichga erishdi, "Sog‘lom ona va bola yili" Dasturiga 37 mlrd so‘m sarfladi

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. "O‘zbekenergo" AJ 2016-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha rasmiy hisobotni e’lon qildi. joriy yilning 9 oyi davomida "O‘zbekenergo" mahsulotlari tannarxining pasayishi 101,4%ni tashkil etgan.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi 100,2 %ga yetgan. Mahalliy xom ashyo asosida korxonalarda 146,1% mahsulot ishlab chiqarilgan. "O‘zbekenergo"ning import o‘rnini bosuvchi mahsulotlari 102,2 %ni tashkil qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida "O‘zbekenergo" tabiiy gaz, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va neft mahsulotlarini tejashni ta’minladi.

Quyosh nuri yordamida suv isitish kollektori ishlab chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekenergo”da yangi Ilmiy-texnik markaz ochiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi investitsiya dasturi to‘g‘risida"gi qarori asosida yangi korxonalar tashkil etish, mavjudlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 23ta yirik investitsion loyiha amalga oshirilmoqda. Joriy yilda beshta obyektni foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.

Bugungi kunga kelib to‘rtta investitsiya loyihasi ishlari yakuniga yetdi.

Angren — Pop temir yo‘li liniyasida uzunligi 23,7 km, Samarqand — Buxoro liniyasida uzunligi 20,2 kmga teng tarmoq ishlari bajarildi.

O‘tkazilgan tender tanlovida g‘olib bo‘lgan Mitsubishi Corporation (Yaponiya) kompaniyasi Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida umumiy quvvati 900 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasini quradi. Hozirda umumiy qurilish ishlari olib borilmoqda. "O‘zbekenergo" "Sog‘lom ona va bola" Dasturida ham ishtirok etmoqda. Dastur doirasida korxona 37 mlrd so‘m mablag‘ sarfladi.

Bundan tashqari, "O‘zbekenergo" AJ tomonidan energiya uskunalarini qish mavsumiga tayyorlash ishlari ham deyarli nihoyasiga yetdi.

Yangiliklar lentasi
0