“O‘zbekenergo”da yangi Ilmiy-texnik markaz ochiladi

© IA "Jaxon"Quyosh nuri yordamida suv isitish kollektori ishlab chiqarish
Quyosh nuri yordamida suv isitish kollektori ishlab chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi tashkilot O‘zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Energetika va avtomatika institutini o‘rniga tashkil qilinmoqda. Markaz yangi energetik strategiyalar ishlab chiqish va ushbu sohada izlanishlar olib borish bilash shug‘ullanadi.

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. “O‘zbekenergo” tarkibida tashkil qilinayotgan yangi Ilmiy-texnik markaz Energetika va avtomatika institutininig o‘rniga tashkil qilinmoqda. Bu haqidagi prezident qarori yaqinda lex.uz sahifasida e’lon qilindi.

Qarorga ko‘ra, Markaz elektr energetikasi sohasini rivojlantirish maqsadida amaliy ilmiy tadqiqotlar olib boradi, va respublikada yaratilgan yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish  va tadbiq qilish bilan shug‘ullanadi.

Yangi tizim energetika sohasini rivojlantirishda ekologik toza bo‘lgan, yangilanadigan energiya manbaalarini tadbiq qilish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish bilan ham shug‘ullanadi.  

Shu qatorda, tashkilot zimmasiga Respublikaning energetika sohasida samaradorlikni oshirish choralari ishlab chiqarish ham yuklatilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0