TOShKENT, 21 okt – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov XXR Davlat kengashi raisining o‘rinbosari Chjan Gaoli bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qildi "Sinxua" axborot agentligi.
Xabarga ko‘ra, Chjan Gaoli Xitoy O‘zbekiston bilan aloqalarga katta e’tibor qaratayotganini qayd etdi. Shu yilning iyun oyida XXR rahbari Si Szinpinning O‘zbekistonga tashrifi muvaffaqiyatli kechdi, ikki davlat o‘rtasida strategik hamkorlikning har tomonlama munosabatlari o‘rnatildi hamda "bir kamar, bir yo‘l" tashabbusi doirasida hamkorlikning muhim jihatlari borasida kelishib olindi.
Chjan Gaolining aytishicha, Xitoy va O‘zbekiston birgalikda davlat rahbarlarining kelishuvlarini amalga oshirishlari, rivojlanish strategiyasini kuchaytirish, yuqori sifatli ishlab chiqarish quvvatlari, infrastruktura va energiya zaxiralari obyektlarini qurish, savdo va investitsiya sharoitlarini yanada takomillashtirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kuchaytirishi va ikki davlat xalqlarining manfaatlari yo‘lida ish olib borishlari lozim.
O‘z navbatida Rustam Azimov O‘zbekiston Respublikasiga beg‘araz yordam berayotgani uchun Xitoy hukumatiga o‘z minnatdorligini bildirdi.
O‘zbekiston Xitoy bilan o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikni kuchaytirishni, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishni ko‘zda tutgan, deyiladi xabarda.