TOShKENT, 27 sen — Sputnik. 2016-yilning 26-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Favdulodda va Muxtor Elchisi Sun Lijie bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
"Suhbat davomida O‘zbekiston-Xitoy kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi", deyiladi xabar matnida.
Eslatib o‘tamiz, sal oldin O‘zbekistondagi yirik kimyo zavodi – "Navoiyazot" AJ tez kunlarda Xitoyning "Chemchina" kompaniyasi bilan birgalikda qo‘shma korxona tashkil etadi, deb xabar bergan edik.
Bundan tashqari, Toshkent, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida ham Xitoy bilan birgalikda g‘o‘zapoyadan DSP ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilmoqda.