Eston millatchilari Sputnik tahririyatiga tahdid qilmoqda

© SputnikSputnik
Sputnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agentlik rahbariyati bunday tahdid Yevroittifoq mamlakati tomonidan bo‘layotganidan hayratda ekanligini aytdi

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Estoniya millatchilari Sputnik agentligining ushbu mamlakatdagi tahririyatiga maktub jo‘natishib, tahririyat faoliyatini to‘xtatib qo‘yishlarini bildirishgan. Agentlik rahbariyati bunday tahdid Yevroittifoq mamlakati tomonidan bo‘layotganidan hayratda ekanligini aytdi.

Sputnik-Estoniya rahbari Yelena Cherisheva RIA Novostiga telefon orqali tahririyat elektron pochtasiga Estoniyadagi millatchi partiyalar "O‘ng sektor" va Mustaqillik partiyalaridan maktub kelganligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu maktub faqat Sputnikkagina kelmagan bo‘lishi mumkin, chunki unda Rossiya telekanallari ham tilga olingan.

Millatchilar ularning "ota-bobolari nemis mundirlarida bolshevizmga qarshi kurashishgani" haqida yozishadi va qator Rossiya ommaviy axborot vositalari va jurnalistlariga tahdid qilishadi.

"Ayni paytda biz respublika hududida rus televideniyesi qonunan taqiqlanishiga erishmoqdamiz. Estoniyaning "O‘ng sektor"i binolar tomidan Rossiya kanallarini namoyish etuvchi antennalarni olib tashlash aksiyasini o‘tkazmoqda. Mustaqillik partiyasi va "O‘ng sektor" Estoniyadagi Sputnik-News yangiliklar bo‘limi faoliyatini to‘xtatishni boshlaydi" — deyiladi maktubda.

Sputnik rahbariyati bu maktubni tahdid deb qabul qildi va YeIga kiruvchi mamlakatda bunday bayonot berilayotganiga e’tibor qaratdi.

"Otalarining fashist liboslari bilan faxrlanadigan odamlar Yevroittifoq mamlakatida bunday bayonot bilan chiqishi va ommaviy axborot vositasiga tahdid qilishi hayratlantirmoqda", — dedi agentlik bosh muharriri o‘rinbosari Sergey Kochetkov RIA Novostiga.

RT telekanali anjumani - Sputnik O‘zbekiston
AQSh razvedkasi Sputnik va RT faoliyati bilan qiziqdi

Chorshanba kuni Estoniya jamoatchilik teleradiokorporatsiyasi "Vatan ittifoqi va Respublika" (IRL) millatchi partiyasining Tallin bo‘limi raisi o‘rinbosari Tarmo Kruuzimaega asoslanib partiya Estoniya hukumatiga mamlakat hududida Rossiya telekanallari namoyishini taqiqlashni taklif qilganini bildirdi. Estoniya bosh vaziri Taavi Riyvas mamlakat hududida Rossiya telekanallari namoyishini taqiqlash taklifi noto‘g‘ri ekanligini bildirgan.

Boltiqbo‘yi davlatlari hukumatlari rossiyalik jurnalistlar faoliyatiga nisbatan ko‘p marta to‘siq qo‘ygan. Litvadan VGTRK suratga olish guruhi chiqarib yuborilgan. 2015-yil oktabrida Estoniya chegarasida VGTRKning yana bir suratga olish guruhi to‘xtatilib, jurnalistlarning cho‘ntaklari tintilgan. Ularni bir necha soatdan keyin qo‘yib yuborishgan, lekin vizalarini bekor qilishgan. Bundan tashqari Estoniya "Rossiya segodnya" agentligi xodimi Marina Perekrestovaning barcha hujjatlari joyida bo‘lsada mamlakatga kirishiga ruxsat bermagan. 2014-yil aprelida Litva TIV RIA Novosti muxbiri Irina Pavlovani akkreditatsiyadan o‘tkazmagan, buning sababini esa aytmagan. "Komsomolskaya pravda" gazetasi jurnalisti Galina Sapojnikova Litvada "davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi shaxs" deb e’lon qilingan.

Moskva ilgariroq Boltiqbo‘yi mamlakatlarida neonatsizm alomatlari oddiy holga aylanib qolgani va Yevropa davlatlarida millatchilik paydo bo‘layotganini bildirgandi. Yevroittifoq rahbariyati esa o‘zini bunda hech qanday xavf ko‘rmayotgandek tutmoqda.

Yangiliklar lentasi
0