TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Ilgarilari Tojikiston sementni faqat Afg‘oniston va Qirg‘izistonga sotar edi, endi esa bu mahalliy mahsulot O‘zbekistonga ham eksport qilina boshladi, deyiladi Tojikiston Sanoat vaziriligi axborotida. Sputnik Tojikiston xabari asosida.
Xabarda aytilishicha, so‘nggi uch kvartal ichida Tojikistondan eksport qilinayotgan sement hajmi 162 000 tonnani tashkil qilgan. Tojikiston aytib o‘tilgan vaqt oralig‘ida Afg‘onistonga (96 ming tonna), Qirg‘izistonga (30 ming tonna) va O‘zbekistonga (35 ming tonna) sement eksport qilgan.
Bundan oldinlari Tojikiston sementni faqat Afg‘oniston va Qirg‘izistonga sotgan.
Xabarda aytilishicha, 2016-yilning 9 oyida Tojikistonda 1 million 508 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.