Britaniyaliklar Qoraqalpog‘istonda sement zavodini ishga tushiradi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishIshchi zavod mahsulotini namoyish qilmoqda.
Ishchi zavod mahsulotini namoyish qilmoqda. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi zavodning dastlabki narxi 17 million dollar, deb baholangan. U birinchi bosqichda 400 ming tonna sement ishlab chiqarishi xabar qilinmoqda.

TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Buyuk Britaniyaning Chief Corporate Solutions LP kompaniyasi O‘zbekistonda yangi sement zavodini ishga tushiradi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Iqtisodiyot vazirligidan manba.

Ta’kidlab o‘tish joizki, Qoraqalpog‘istonda sement ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasi oxirgi besh yil davomida juda ko‘p muhokama qilindi. Turkiya, Germaniya va Yaqin Sharq mamlakatlari investorlari bu masalaga qiziqish bildirishgan edi.

"Qoraqalpog‘iston — O‘zbekistonning eng shimoliy hududiga kiradi. Sement zavodlarining olisda joylashuvi Qoraqalpog‘istonga transportirovka qilinadigan sement narxi qimmatlashishiga ta’sir ko‘rsatmay qolmasdi. Shu bilan birga,  Qoraqalpog‘iston – Qozog‘iston, Rossiya va Turkmaniston singari mamlakatlarning eksport bozoriga chiqish uchun nihoyatda qulay hudud sanaladi", — dedi manba.

Rejaga muvofiq, O‘zbekistonda 2020-yilga kelib yiliga 16,7 million tonna sement ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Hozirda mamlakatda sakkizta sement zavodi ishlab turibdi. Qoraqalpog‘istondan tashqari, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida ham yangi zavodlar qurilishi ta’kidlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0