O‘zbekistonga ukrainalik tadbirkorlar delegatsiyasi tashrif buyuradi

© Pixabay / antonin77Bitim tuzish
Bitim tuzish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida Ukraina va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish rejalashtirilgan

TOShKENT, 20 okt – Sputnik. 23-26 oktabr kunlari ICC Ukraine bosh kotibi Vladimir Mixaylov rahbarligidagi qator Ukraina sanoat korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya ishchi tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda nuz.uz xabar berdi. 

Delegatsiya rahbari Vladimir Mixaylovning aytishicha, mazkur tashrif ICC Ukraine rahbariyatining O‘zbekistonning Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Alisher Abdualiyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi natijasi bo‘lib, uchrashuvda O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va investitsion jozibadorligi keng shaklda namoyish etilgandi.

Tashrif davomida Ukraina va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish hamda ICC Ukraine va O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik haqida kelishuv tuzish rejalashtirilgan.

Yog‘ochni qayta ishlash korxonasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda krasnoyarskliklar bir nechta qo‘shma korxona tashkil etish niyatida

Ikki davlat vakillari savdo-iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirish mexanizmlari va usullarini muhokama qiladilar, iqtisodiyotning muhim sohalari – qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish, neft-gaz, energetika, IT va telekommunikatsiyalar, tibbiy turizm, transport va logistika, mashinasozlik, aviasozlik, kimyo, qurilish, tibbiyot sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish mavzusi muhim o‘rin tutadi.

Ukraina delegatsiyasi O‘zbekiston sanoatining turli sohalarida investitsion loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish, ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmini oshirish, "Angren", "Jizzax" va "Navoiy" erkin-iqtisodiy zonalarida loyihalarni amalga oshirishda Ukraina va O‘zbekiston kompaniyalari hamkorligini tashkil etishni maqsad qilgan.

Yangiliklar lentasi
0