TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Toshkentda sovuq tushishi bilan, yangi qurilgan yo‘lning bir qismi cho‘kdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Taraqqiyot ko‘chasining bir qismi chukishi natijasida yangi yo‘lning ikki qatori avtomobil harakatlanishiga yaroqsiz holga keldi. Ayni damda yo‘l ta’mirlash xizmati xodimlari yo‘lning ushbu xavfli bo‘lagini plastik to‘siqlar bilan o‘rab olishdi.
Shuni aytish kerak-ki, yangi yo‘l qurilib ishlatishga topshirilganidan keyin, unda darhol o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Sobiq aviatsiya zavodi yaqinidagi chorrahada yo‘l o‘rtasida chuqurlik paydo bo‘ldi. Yo‘lning qarama-qarshi tomonida esa, eski Toshmiga ketish tarafda – do‘nglik paydo bo‘ldi.
Yo‘l xizmati xodimlari ushbu kamchiliklarni uzoq vaqt davomila ko‘rmaganlikka olib yurishdi. Bu yerda hech qanday ogohlantiriuvchi belgi yoki to‘siq o‘rnatilmadi.
Yo‘l ta’mirlash xizmatidan turli "surpriz" olishga o‘rganib qolgan toshkentlik haydovchilar, bir-birlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali ogohlantirishmoqda.