TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Taraqqiyot ko‘chasida transport harakati qayta tiklandi, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistana" nashri.
Asosiy qurilish ishlari yakunlangan, endi navbat yo‘l harakati chiziqlari chizish, svetoforlarni ishga tushirish va Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan joyiga asfalt yotqizishga qolgan.
Ayni damda ikkala tomonga ham harakat ochiq. Avtomobillar harakati olti yo‘nalishda amalga oshirilmoqda – har bir tomonga uch yo‘nalishdan. Qarama-qarshi harakat tomonlar orasi devor bilan chegaralangan.
Yangi transport tuguni avtomobillar va piyodalarga bir xil qulaylik yaratmagan. Yo‘lning ikkala tomonida bo‘lgan va yo‘l o‘tkazgichi ostidan o‘tadigan piyodalar yo‘li endi yo‘q. Chorrahadan o‘tayotgan piyodalar tik zinapoyadan tepaga ko‘tarilib pastga tushishga majbur.